Belarus poytaxti Minsk şahrida 20 noyabr kuni yunon-rim kuraşi böyiça Olimpiada çempioni Oleg Karavayev xotirasiga bağişlanib, XXII xalqaro jamoaviy turnir ötkaziladi. Uşbu turnirda Özbekiston terma jamoasi ham iştirok etadi.

Turnirga yöl olgan Özbekiston terma jamoasi safida quyidagi sportçilar örin olgan: Feruz Töxtayev (59 kg), Elmurat Tasmuradov (66 kg), Aram Vardanyan (66 kg), Nurbek Xolmuhammatov (71 kg), Dilşod Turdiyev (75 kg), Nurbek Hoşimbekov (75 kg), Jonibek Otabekov (80 kg), Besiki Soldadze (85 kg), Suxrob Fattoyev (98 kg), Jahongir Turdiyev (98 kg), Möminjon Abdullayev (120 kg), Abrorbek Mamasoliyev (120 kg). Murabbiylar: Komil Fatxullin, Rustam Qudratov.

Şuningek, turnirda özbekistonlik hakam Qahramon Ibragimov ham iştirok etadi.

Bu turnirda 6 mamlakatdan 7 jamoa qatnaşadi: Rossiya, Ukraina, Qozoğiston, Özbekiston, Litvadan bittadan, Belarusdan ikkita.