2015 yilning 9 noyabr kuni Fransiyaning Özbekistondagi elçixonasidagi qabul marosimida elçi Jak-Anri Els Fransiya madaniyat va kommunikatsiyalar vaziri Flyor Pelleren nomidan Özbekistonning ikki fuqarosiga “San'at va adabiyot sohasidagi xizmatlari uçun” ordeni kavalerining belgilari bilan mukofotladi.

Restavratsiya sohasiga ixtisoslaşgan me'mor Zoirşo Qiliçev “Buyuk Ipak yölidagi karvonsaroylar” Fransiya-Özbekiston uyuşmasining asosçilaridan biridir. Bu uyuşma Buxorodagi bir madrasa va ikki karvonsaroyni restavratsiya qilgan.
Toşkent arxitektura-quriliş institutining sobiq rektori Tolib Nizomov Versal oliy arxitektura milliy maktabi bilan aloqalarni yölga qöyib, hamkorlik doirasida talabalar va öqituvçilar almaşişni amalga oşirgan arboblardan biridir.

Orden Fransiya va boşqa davlatlar fuqarolariga san'at va adabiyotni rivojlantiriş yölidagi xizmatlar uçun topşiriladi. Bugungi kunga qadar bu mukofotga Özbekistonning ikki fuqarosi sazovor bölgan edi – Natalya Musina va Marinika Babanazarova.






