Qozoğistonning “Teleradiouzatiş töğrisida”gi qonuniga özgartiş kirituvçi yangi me'yor davlat rahbari tomonidan imzolangan bölib, u 2016 yil 1 yanvaridan kuçga kiradi.
Qonunning 34-moddasiga köra, çet el kanallaridan retranslyatsiya qiliş çoğida Qozoğiston teleuzatiş operatorlari “Reklama töğrisida”gi qonunga muvofiq kelmaydigan reklamaning tarqatilişiga yöl qöymasligi lozim. 1 yanvardan esa har qanday reklamani körsatiş taqiqlanadi.
“Ya'ni, yo reklamani kesişimiz, yo çet el kanallari retranslyatsiyasidan mutlaqo voz keçişimiz lozim. Çunki kesiş uskunasi har bir kanal uçun 1-1.5 mln tangaga tuşadi. Operatorning örtaça xarajatlari 60 mln tangani taşkil qiladi”, - dedi “Qustanay kabel tarmoqlari” MÇB direktori Aleksey Gerdt Qostanay TV kanaliga bergan intervyusida.
Ammo bunday xarajatlar ham barça muammolarni hal qilib bermaydi. Axir Qozoğiston qonunçiligiga binoan birovning manfaatlarini ifoda etuvçi har qanday material reklama hisoblanadi. Şu tariqa, anonslar, körsatuvlarning kattagina qismi reklama sifatida baholanişi mumkin. Bunday axborotni avtomatik yöq qilişning texnik usullari hozirça öylab topilgan emas.
Qonun operatorlarning fikri inobatga olinmagan holda tayyorlangani aytilmoqda.






