Bosniya va Gertsogovinya poytaxti Sarayevo şahri yaqinida 2 askarni otgan jangari aksilterror amaliyoti vaqtida halok bölgan.
N1 telekanali ma'lumotiga köra, mamlakat xavfsizlik xizmati rahbari Dragan Mektiç uşbu jangari öz joniga qasd qilganini tasdiqlagan. Bosniya va Gertsogovinya IIV rahbari Dragan Lukaç esa bu hodisa böyiça tekşiruvlar davom ettirilişi, uni terakt deb ataşga hali erta ekani haqida aytgan.
Biroz oldinroq, hukumat bu voqea munosabati bilan şoşilinç yiğiliş ötkazgani haqida ma'lumot berilgandi. Voqea röy bergan hudud örab olingan.
Avtomat bilan qurollangan şaxs hujumi natijasida Bosniya va Gertsogovina armiyasining 2 nafar askari halok bölgan. Noma'lum şaxs Sarayevo yaqinidagi klubda öt oçgan va 2 askarni öldirgan, yaqin atrofdagi avtobusni öqqa tutişi tufayli esa yana bir askar jarohatlangan.






