20 noyabrdan Özbekistonda “Yonğin xavfsizligi oyligi” start oladi. Bu haqda Toşkent şahar hokimiyatida yonğin xavfsizligi mutaxassislari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

Toşkent şahar IIB Yonğin xavfsizligi boşqarmasi boş mutaxassisi Murod Qöçqorovning aytişiça, sönggi 10 oyda respublika böyiça 1 474 yonğin yuzaga kelgan bölib, unda 17 kişi halok bölgan, yana 24 kişi aziyat çekkan. 20 kişi qutqarib qolinib, 20 mlrd sömdan ortiq moddiy-tovar boyliklari saqlab qolingan.

“Şahar, tuman va aholi yaşaş joylarida hamda respublika obektlarida yonğin xavfsizligini kuçaytiriş maqsadida Davlat yonğin nazorati tomonidan 4980ta obekt yonğin-texnik tekşiruvdan ötkazildi, - ta'kidladi u. – Tekşiruvlar davomida yonğin xavfsizligi böyiça 96 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlanib, şulardan 74 foizi bartaraf etildi”.