Respublikaçilardan AQŞ prezidentligiga nomzodlardan biri Ben Karson uruş va zöravonlikdan qoçayotgan suriyalik muhojirlarni itlarga tenglaştirdi, deb yozadi Politico naşri.

Alabamaning şaharlaridan birida ötayotgan saylovolda kampaniyasi çoğida u AQŞga odamlar haqida ğamxörlik qiluvçi aqlli yetakçilar kerakligini ta'kidlab ötdi. Şuningdek, u xavfsizlik va gumanitar masalalar örtasida muvozanat saqlaş zaruratiga urğu berdi.

“Aytaylik, tumaningizda quturgan it yugurib yuribdi, siz bu itni yaxşi deb hisoblamaysiz va bolalaringizni undan uzoq tutasiz”, - dedi siyosatçi.
Sözida davom etarkan, Karson qoçqinlarni maxsus skanerlarda tekşiriş “bolalaringizni himoya qiliş bilan barobar” ekanligini ta'kidladi.
“Şu tariqa, bizga quturgan it kimligini körsatib beradigan skanerlar kerak böladi”, - xulosa qildi siyosatçi.