Rossiya TIVning terrorizm masalalari böyiça departamenti rahbari Ilya Rogaçev "Kommersant'" gazetasiga bergan intervyusida Rossiya tomoni A321 samolyoti bortida bomba portlaganini isbotlovçi ma'lumotlar AQŞdan olingani haqida ma'lum qildi.

"Bilganim şuki, halokatga uçragan samolyotga oid ba'zi ma'lumotlar amerikalik hamkorlar tomonidan jönatilgandi. Tegişli muassasalar bu ma'lumotlarni örganişgan. Şuningdek, bu masala böyiça doimiy ravişda Buyuk Britaniya tomoni bilan ham muhokamalar ötkazilgan", deydi u.

Biroz oldinroq, Rossiya TIV rahbari örinbosari Oleg Siromolotov Buyuk Britaniya elçisi Tim Barrou bilan terrorçilikka qarşi kuraş va aviatsiya xavfsizligi masalalari böyiça hamkorlik qilişni muhokama etgani töğrisida xabar berilgandi.

Oq uy matbuot xizmati rahbari Joş Ernest AQŞ va Rossiya tomonlari örtasida A321 falokati böyiça ma'lumotlar almaşinuvi davom etayotgani haqida aytib ötgan.

Eslatib ötamiz, 31 oktabr kuni Misrning Sinay yarim orolidagi Şarm-aş-Şayx şahridan Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga yöl olgan A321 samolyoti yölda qulab tuşgan, uning bortidagi barça 224 kişi halok bölgandi.

17 noyabr kuni Rossiya FXX bu samolyot terakt tufayli halokatga uçraganini tasdiqladi.