AQŞ vakillar palatasi suriyalik va iroqlik muhojirlarning AQŞga kirişini çeklovçi qonun loyihasini ma'qulladi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Qonun loyihasiga 289 nafar kongressmen ovoz berdi, 137 nafari qarşi çiqdi.

Avvalroq Parijda sodir etilgan teraktlarga qaramasdan, AQŞ prezidenti Barak Obama suriyalik muhojirlarning AQŞga köçib ötişiga imkon beruvçi öz rejasini qayta körib çiqişni rejalaştirmayotgani ma'lum qilingandi.

AQŞlik respublikaçilar muhojirlar borasida qat'iy fikr bildirmoqdalar. Alabama ştatidan bölgan gubernator-respublikaçi Robert Bentli Parijdagi teraktlardan keyin suriyalik muhojirlarni qabul qilmasligini aytdi.