Özbekistonning Farğona şahrida tuğilib ösgan Oltiyev Muzaffar Haydaraliyeviç mana 2 kundirki Moskva aeroportlaridan birida turişga majbur. Bu haqda “Rosmigratsiya” blogi orqali xabar qilindi.
Aytilişiça, Muzaffar Rossiyada 2007 yildan yaşab keladi. U Ryazan şahridagi yapon va italyan oşxonalarining eng yaxşi oşpazlaridan biri hisoblanadi. Rossiyada u Anastasiya ismli ayol bilan uçraşib, 2015 yil yanvarida nikohdan ötdi.

Bir kuni unga Rossiya Federatsiyasiga kiriş huquqidan mahrum qilingani haqida xabar keldi. Huquq himoyaçisi Bahrom Ismoilov 2015 yil martida unga yordam berişni boşladi. Taqiqni qöygan organ – Federal migratsiya xizmati boşqarmasiga murojaat natijasi bermagaç, ular sudga ariza kiritişgan. Lyuberetsk şahar sudi sudyasi I. E. Loboyko Muzaffar heç qanday qonunlarni buzmagani, şu bois unga qöyilgan taqiq noqonuniyligini aniqladi. Sud hukmi bilan Moskva viloyat Federal migratsiya xizmati boşqarmasi qarori noqonuniy deb topildi. Bu hukm migratsiya xizmatiga yetkazilib, Oltiyev taqiq röyxatidan çiqarilişiga erişildi.

Hukm çiqarilganidan 30 kun ötib, Muzaffar Rossiyadan çiqiş va qayta kiriş va migratsion karta oliş uçun 17 noyabr kuni Şeremetevo xalqaro aeroportiga yöl oldi. Davlat çegarasidan ötiş punktida uni töxtatib qolişdi. Ma'lum bölişiça, Moskva viloyat Federal migratsiya xizmati boşqarmasi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Çegara xizmatiga zaruriy hujjatlar paketini yöllamagani va unga nisbatan taqiqi kuçda ekanligi ma'lum böldi. Suhbat asnosida çegara xizmati xodimlari, zaruriy hujjatlar yöq ekan, sud qarori muhim emasligini ta'kidlaşgani aytilmoqda.

Şundan buyon Özbekiston fuqarosi aeroportning F terminali tranzit zonasida yaşaşga majbur bölmoqda. U rasman Rossiya Federatsiyasidan çiqib ketib, endi kira olmayapti. Çegara xizmati xodimlari unga ruxsat berişmayapti.
“Heç nimani eslatmayaptimi?”, - savol beradi blog muallifi, Tom Xenks iştirokidagi “Terminal” filmiga işora qilar ekan.

Bahrom Ismoilov xabarni quyidagi sözlar bilan yakunladi:
“Agar siz Şeremetevo aeroportining F terminali orqali uçayotgan bölsangiz, Muzaffarga ovqat, suvdan yordam bering. U terminalda yana qança vaqt bölişi noma'lum”.

Ma'lumot uçun, 2004 yili Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan “Terminal” filmida Yugoslaviyadan Nyu-Yorkka uçib kelgan, lekin aeroportga kelib tuşişi bilan mamlakatida töntariş boşlanib, pasporti iste'moldan çiqqani bois viza ololmagan fuqaroning aeroport terminalida ötkazgan kunlari tasvirlangan. Film, öz navbatida, eronlik qoçqin, 1988 yil 26 avgustidan 2006 yil iyuliga qadar Parijdagi Şarl de Goll nomli xalqaro aeroportda istiqomat qilgan Mehran Karimiy Nosiriy hayotidan ilhomlanib yaratilgan.

Muallif: Eldor Asanov