Özbekistonda antibiotiklarga çidamlilikni tadqiq etiş markazi taşkil etiladi. Bu haqda respublika soğliqni saqlaş vazirligi epidemiologiya, mikrobiologiya va infeksion xastaliklar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abduraşid Abduşukurov bayonot berdi.
Uning sözlariga qaraganda, yangi markaz antibiotiklardan foydalaniş samaradorligi borasida axborot almaşiniş amalga oşiradi, şuningdek, aholini antibiotiklardan me'yorida foydalaniş borasida boxabar qilib boradi.
“Oxirgi ön yilliklarda qözğatuvçilarning antibiotiklarga çidamliligi şakllanişi tendensiyasi kuzatilmoqda, bu vabo va boşqa turdagi xavfli infeksion xastaliklarning qaytişiga olib kelişi mumkin”, - dedi Abduşukurov jurnalistlarga.
Uning ma'lum qilişiça, bunday markazning taşkil qilinişida Rossiya, AQŞ va Germaniyaning iştiroki Toşkentda ötgan aksilmikrob rezistentligi muammolari böyiça xalqaro konferensiya çoğida muhokama qilingan.
“Yevropa va Osiyoda migratsion jarayonlarning faollaşuvi şaroitlarida infeksiya tarqalişi zonasining kengayişi xavfi bor”, - uning sözlarini keltiradi Sputnik agentligi.






