Ikki qozoğistonlik çorva sotuvçi tanişi bilan uçraşiş uçun Xitoyga yer osti yöli qazidi. Bu haqda Qozoğiston milliy xavfsizlik qömitasi çegara xizmatiga iqtibos keltirgan holda Zakon.kz naşri ma'lum qildi.
Çegara xizmatida aytişlariça, Olma-ota viloyatida yaşovçi Tulkiboy va Eldor ismli erkak 19 noyabrda spirtli içimlik iste'mol qilgan. Bu orada ularning miyalariga qişlaş joyi çegara zastavasi ortida, Xitoy tomonda joylaşgan tanişlari Berikdan çorva sotib oliş fikri kelib qolgan.
Şundan keyin erkaklar çegara oldiga borib, nazorat polosasini kesib ötib, ştik belkuragi yordamida “Tekes” çegara zastavasining elektr signalizatsiyasi ostidan yöl qazişdi.
Biroq erkaklar öz tanişlari bilan uçraşa olmadilar: qoidabuzarlarni zastava tomondan kelayotgan avtomobil çiroqlari çöçitib yubordi. Şundan keyin erkaklar ortlariga qaytib, uylariga tarqab ketişdi. Ertasiga Tulkiboy va Eldor öz uylarida qölga olindilar.
20 noyabrda Qirğizistonning Manğistau viloyatida Qozoğiston davlat çegarasini buzgan 5 nafar rossiyalik yarim yilga qamoq jazosiga mahkum etildi. Ular Rossiyadan Qozoğistonning Kaspiy dengizidagi Kulali oroliga motorli qayiqda noqonuniy kelganlikda ayblanganlar.






