19 noyabrda Vatikanda ibodat paytida Rim papasi Frantsisk kelayotgan Rojdestvoni dunyo uruş holatida turgani sababli maynabozçilik va “bema'no taraddud” böladi, deb atadi. Bu haqda The Independent ma'lum qildi.
Pontifik öz nutqida harbiy ixtiloflardan butun dunyo böylab nobud bölayotgan minglab aybsiz qurbonlarni eslatib ötdi hamda ta'lim olişga imkoniyati bölmagan bolalarga açinişini aytdi. Papa, şuningdek, uruş uyuştirayotganlar va qurol sotişdan foyda olayotganlarni “Xudoning lan'atiga uçraganlar” deb atadi.
“Rojdestvo yaqinlaşmoqda. Va dunyoda uruş ketayotgan bir paytda çiroqlar, tantanalar, yorqin daraxtlar, tomoşalar böladi. Bularning barçasi be'mano taraddud. Dunyo totuvlikda qanday yaşaşni anglay olmadi. Butun dunyo uruş holatida turibdi”, deb aytdi pontifik öz nutqida.
Frantsiskning fikriça, hozirgi ixtiloflardan qoladigan barça narsa bu vayronalar, minglab savodsiz bolalar, köplab aybsiz qurbonlar va qurol-aslaha sotuvçilarning qappaygan çöntaklari böladi.
Rim papasi nutqi söngida ba'zida uruşga sabablar bölişi mumkinligini, biroq hozirda dunyoda sodir bölayotgan xunrezliklarni heç qanaqasiga oqlab bölmasligini aytdi.
Avvalroq Frantsisk Parijdagi teraktlarni Uçinçi jahon uruşining bir qismi sifatida qabul qilişi ma'lum qilingandi.






