Parij şahrida 13 noyabr kuni yana bir terakt yuz berişining oldi olingani ma'lum böldi.

Öşa kuni şaharda Kolumbiyadagi mafiya taşkiloti a'zolari ham bölgan. Xalqaro qidiruvda bölgan bu şaxslar 13 noyabr kuni Parijdagi kafelardan biriga bostirib kirgan terrorçilarni töxtatişgan.

Kolumbiyadagi naşrlarda yozilişiça, narkokartel a'zolari kafega kirib bu yerda ham odamlarni qirğin qilişni niyat qilgan jangarilarga qarşi öt oçişgan va önlab kişilarning hayotini saqlab qolişgan. Jangarilar ularning öqlaridan halok bölgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Fransiya politsiyasi mafiyaçilarni hibsga olgan.

"Endilikda fransuz politsiyasi qarşisida 2 yöl turibdi: kolumbiyaliklarni nima qiliş kerak? Odamlar hayotini saqlab qolib, yana bir terakt oldini olişgani uçun taqdirlaşmi yoki ularni Kolumbiya hukumatiga topşirişmi?", deyiladi xabarda.