Qozoğiston poytaxti Ostona aeroportida qor tozalovçi maşina “SCAT” aviakompaniyasi samolyotiga şikast yetkazdi. Maxsus texnika qor tozalaş paytida laynerning qanotiga şikast yetkazdi va uni işdan çiqardi.
Töqnaşişdan Bombardier CRJ-200 samolyoti zarar kördi. Zarba öng qanotga töğri keldi. Samolyot parvoz jadvalidan çiqarildi. Voqea sabablarini maxsus komissiya tergov qiladi.
“Uşbu samolyot bajarişi kerak bölgan reyslar zaxira samolyot tomonidan amalga oşiriladi. Zaxira samolyot Olma-otadan Ostonaga uçib ketdi va qolgan reyslarni u bajaradi”, deb aytdi aviakompaniya vakili.






