Toşkentda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş davomida gaz taqsimoti tizimi katta kölamda rekonstruksiya qilindi. Eski gaz quvurlari töliq almaştirildi. Buning evaziga Toşkentning barça tumanlarida gaz bosimi taqsimoti yaxşilandi.

Sovuq tuşişi va havo harorati pasayişi bilan tabiiy gaz iste'moli keskin oşadi, şu tufayli gaz ta'minoti sohasida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş işlariga katta ahamiyat berilmoqda.
Joriy yilda 27,8 kilometrlik gaz tarmoqlarini kapital ta'mirdan çiqariş rejalaştirilgan edi, hozirda bu işlar öz yakuniga yaqinlaşmoqda.

Yer osti gaz quvurlarini ta'mirlaşda “quvur içida quvur” deb ataluvçi, vaqt va mablağlarni tejaşga imkon beruvçi polietilen quvurlarni yotqaziş zamonaviy usulidan foydalanilmoqda. Gaz bilan ta'minlaş tizimida gaz boşqaruvçi punktlar muhim böğin bölib hisoblanadi. Şu munosabat bilan örta va yuqori bosimdagi 2232 ta şunday punkt tekşirildi, aniqlangan nuqson-kamçiliklar tezkorlik bilan bartaraf etildi, eskirgan va kam quvvatli qurilmalar almaştirildi.

Aholining gaz ta'minoti böyiça barça şikoyatlari texnik kengaşda körib çiqilmoqda. Gaz quvurlarining mustahkamligi va iş qobiliyati maxsus qurilmalar yordamida tekşirilmoqda. Ança çuqurlikdagi gaz sizişlari va gaz quvurlarining şikastlanganini aniqlay oluvçi zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan yer osti gaz quvurlarini tekşiruvçi mobil laboratoriya 1300 kmlik gaz tarmoğini tekşirib çiqdi, barça aniqlangan nuqsonlar tezkorlik bilan bartaraf qilindi va 102,6 km yer usti gaz quvurlari böyab çiqildi.

Yangi zamonaviy qurilmalarning örnatilişi germetikligi buzilgan gaz quvurlaridagi sizişlarni bartaraf qiliş imkonini beradi. Şu maqsadda örta va past bosimdagi gaz taqsimlovçi tarmoqlarda yangi texnologiyalar tatbiq qilinmoqda.
Tabiiy gazdan oqilona foydalaniş darajasini oşiriş böyiça dastur işlab çiqilgan. Gazni tejaş maqsadida iste'mol qilingan gaz hisobotini yurituvçi eskirib qolgan mexanik asboblar örniga yangi tejamkor, elekron asboblar joriy qilinmoqda. Şu bilan bir qatorda eski issiqlik qozonlari örniga zamonaviylari örnatilmoqda.

Nosozliklar oldini oliş va bartaraf etiş bilan yer osti gaz quvurlari xizmati şuğullanmoqda. Jadvalga köra, quduqlarning gazlanganligi monitoring qilinmoqda, gaz ta'minoti trassalari aylanib çiqilmoqda, zarur bölgan hollarda ta'mirlaş işlari taşkil etilmoqda.

Bundan taşqari, har bir tumanda avariyaviy xizmat bölib, u kun davomida aholidan murojaatlarni qabul qiladi va yer usti gaz quvurlari va iste'molçilarning gaz asboblarini ta'mirlaş işlarini olib boradi.
Toşkentning barça tumanlarida barqaror gaz ta'minoti ta'minlandi, barça zarur bölgan ta'mirlaş va profilaktika işlari amalga oşirildi.