Qirğizistonning Öş viloyatida seşanba kunidan buyon kuzatilgan bir qator yer silkinişlar oqibatida 4 mingga yaqin uy zarar kördi. Bu haqda mamlakat parlamentiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Seşanba va çorşanba kunlari Qirğizistonda bir qança zilzilalar sodir böldi. Eng kuçlisizining magnitudasi 7 ballni taşkil etdi. Qurbonlar va jarohat olganlar bölmadi. Ofat episentri viloyatning Qorasuv tumaniga töğri keldi. Aytilişiça, buning oqibatida 200 uy vayron holatga kelgan, ijtimoiy obektlarning 50 foizidan ortiği turli darajada zarar körgan.
Juma va şanba kunlari 5.1 magnitudali yana tört silkiniş röy berdi. Silkinişlarning umumiy miqdori 7tani taşkil qildi.
Öş viloyatida hukumat vakilining birinçi örinbosari Bayiş Yusupovning sözlariga qaraganda, bu holatlarda jami 4 mingga yaqin uy zarar körgan.






