Ukrainaning Xerson viloyatida Qrimga ketuvçi elektr uzatiş liniyalari ustunlari portlatib yuborildi, deb xabar bermoqda “112 Ukraina” televideniyesi.

Bu haqda Ukraina IIV vakili Ilya Kiva özining feysbukdagi sahifasida va Qrimda taqiqlangan ATR qrim-tatar telekanali boş muharriri Usman Poşayev ma'lum qildi.
Natijada yarimorolning 1,9 mlnlik aholisi elektr energiyasiz qoldi. Hammasi bölib yarimorolda 2,3 mln kişi yaşaydi.

Bir yarim yil avval Rossiya tarkibiga qöşilgan Qrim yarimoroli elektr energiya bilan Ukraina tomonidan ta'minlangan, biroq Xerson viloyatidagi elektr uzatiş liniyalari ustunlari 22 noyabrda portlatilgandan keyin tungi soat 00.20 dan keyin elektr berilişi töliq uzilib qoldi.

Avvalroq AYoQŞlar Qrimdagi dizel-generatorlarga yonilği berişlari ma'lum qilingandi, biroq boşqa istalgan muqobil energiya manbalari elektr energiyaga bölgan ehtiyojlarni töliq hajmda ta'minlay olmaydi.

Rossiya aloqa va kommunikatsiyalar vazirining aytişiça, ertalabga yaqin uyali aloqa bilan muammolar vujudga kelişi mumkin. Şu bilan birga telekanallar va asosiy radiostansiyalar öz faoliyatini davom ettirmoqda.