Parij teraktlari taşkilotçisi sifatida gumon qilinib, 1 haftadan beri qidiruvda bölgan Saloh Abdislom ayni vaqtda Bryusselda va uning engnida portlovçi moddalar örnatilgan şahidlik belboği bölişi mumkin. Bu haqda RTBF telekanalida xabar qilingan.

Bu ma'lumot uning yonida bir qança vaqt bölgan Hamza Attu tomonidan aytilgan.
U Abdislomning Parij teraktlariga aloqadorligi böyiça heç narsan bilmasligini bildirgan.

Biroz oldinroq, Abdislom öz tanişlariga Suriyaga qaytişda yordam berişlarini sörab murojaat qilgani haqida ma'lumotlar paydo bölgandi.

U öz döstlari bilan suhbatida jangarilarning Yevropadagi bölimlari rahbarlari uning Parij terakti vaqtida özini şahid qilmaganidan norozi bölişganini aytib ötgan.