Andijon viloyati Baliqçi tumani prokurorining örinbosari Zafarbek Ğulomjonovning ma'lumot berişiça, tumanning ayrim qişloq va mahallalarida ortiqça nafaqa pullari tölab yuborilganligi tekşiruv çoğida aniqlangan.
Xususan, Böston QFY böyiça 15ta, Guliston QFY böyiça 10ta, Siza QFY böyiça 6ta holatda nafaqa pullari ortiqça hisoblanib, notöğri tölangani aniqlandi.
Xususan, Aralxon MFYda fuqaro T. Sarimsaqovaning 14 yoşga tölmagan farzandiga 63 mingdan oşiqroq, M. Turğunovaga 100 ming sömga yaqin hamda D. Maşrapovaga 20 ming söm nafaqa pullari notöğri hisoblab tölangan.
Bu borada ötkazilgan tekşirişlar davomida 36ta holatda jami 3 mln sömdan ortiq nafaqa pullari notöğri tölab yuborilganligi aniqlandi.
Tekşirişlar natijasiga köra aniqlangan holatlar yuzasidan 4ta taqdimnoma kiritildi hamda 36 nafar şaxsga nisbatan ma'muriy javobgarlikka oid iş qözğatildi.