Ruminiya poytaxti Buxarest markazidagi maşhur tungi klublardan birida 31 oktabrga ötar keçasi sodir bölgan yonğin natijasida qurbon bölganlar soni 60 kişini taşkil etmoqda. Bu haqda Ruminiya hukumat xabar qilgan.
Xabar qilinişiça, 22 noyabr kuni Ruminiyaning Sinai şahridan bölgan 19 yoşli talaba Avstriyaning Aygemaynes şahridagi şifoxonada jon bergan.
Eslatib ötamiz, 30 oktabrda binoning yertölasida joylaşgan tungi klubda bepul rok-konsert ötayotgan bölganida yonğin çiqqandi. Kontsertga 400 nafarga yaqin yoşlar yiğilgan. Pirotexnik şou vaqtida şiftdagi penoplastdan yasalgan bezak elementlari yonib ketgan. Söngra portlaş yuz bergan. Guvohlarning aytişiça, köpçilik sarosimada yagona çiqişga otilgan va u yerda tiqilinç yuz bergan. Ma'lum qilinişiça, köpçilik nafas siqişdan halok bölgan.
Yonğin röy berganda voqea joyida 26 kişi halok bölgandi. 150 nafardan ortiq kişi şifoxonalarga yetkazilgan. Jarohatlanganlarning 30 nafardan ortiği Buyuk Britaniya, Isroil va Niderlendiya kabi mamlakatlarga davolaniş uçun yuborilgandi.
Ruminiyaliklar bu fojia tufayli ommaviy namoyişlar ötkazişgan, natijada boş vazir Viktor Pont iste'foga çiqqandi.






