Nyu-Jyersi ştatining ayrim fuqarolari 2001 yilning 11 sentabr kuni Nyu-York şahridagi Jahon savdo taşkilotining egizak binolarning vayron bölganidan xursand bölişgan, dedi Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzod, amerikalik nomzod Donald Tramp.
“Nyu-Jyersida köplab arablar yaşaydigan narigi qirğoqda (Gudzon daryosi) JST qulaganda xursand bölganlar bor edi, - dedi Tramp AVS telekanali efirida. – Bu sodir böldi. Men kördim. Televizor orqali namoyiş qilişdi”. U aynan qaysi telekanal va qaysi mamlakatda uşbu kadrlarni namoyiş qilganiga oydinlik kiritmadi.
AQŞ va Nyu-Jyersi ştati hukumati esa milliarderning mazkur voqealarga bu kabi munosabat aynan Nyu-Jyersi şahrida sodir bölganini inkor etib çiqişdi.
“Tramp nohaq, u tomonlarning hissiyotini junbuşga keltiradigan masalani siyosiylaştirmoqda, - dedi Jyersi-Siti şahri meri Stiven Fulop. – 11 sentabrda Jyersi-Sitida heç kim xursand bölgani yöq. Aksinça, biz Manxettenga birinçilardan yordam körsatişga oşiqqanlardan böldik”.
Şahar rahbarining sözlariga köra, Tramp xotira bilan boğliq muammoga duç kelgan yoki haqiqatni notöğri talqin qilayapti.
Eslatib ötamiz, 2001 yilning 11 sentabr kuni Nyu-York, Vaşington va Pensilvaniyada sodir bölgan qöporuvçilik harakatlari natijasida qariyb 3 ming kişi hayotdan köz yumgan, 6 ming kişi esa jarohatlargan edi. Halok bölganlar orasida dunyoning 90 mamlakati fuqarolari bor.






