Frantsuz politsiyasi Parijdagi teraktlarda iştirok etgan uçinçi terrorçining surati va taşqi belgilarini çop etdi. Bu haqda politsiya tvitterida ma'lum qilindi.

Xabarda ma'lum qilinişiça, aynan şu odam 13 noyabrda özini “Stad de Frans” stadioni yonida portlatgan.

Politsiya bu odamni taniydigan barçadan u haqda huquq-tartibot muassasalariga ma'lumot berişni söradi.

Avvalroq Parij prokuraturasi özini “Stad de Frans” stadioni yonida portlatgan ikkinçi terrorçi-xudkuş şaxsini aniqlagani ma'lum qilingandi. Prokuraturada bu kimsa Yevropaga oktabrda Gretsiya orqali kelgani ma'lum qilindi.