Iroqning şimoli-şarqida joylaşgan Erbil va Sulaymoniya şahridagi xalqaro aeroportlarning 23 noyabrga möljallangan deyarli barça parvozlari bekor qilindi.

Sulaymoniya xalqaro aeroporti onlayn-tablosi ma'lumoti asosida aytiş mumkinki, 23 noyabrdagi barça parvozlar bekor qilingan. Faqatgina mahalliy vaqt bilan 03.45 va 5.00 da Istambuldan keladigan va 4.45 da Istambulga qilinadigan parvoz bundan istisno qilingan.

Xuddi şuningdek, Erbil xalqaro aeroporti onlayn tablosi ham 23 noyabrga mölajallangan reyslarning bekor etilganini körsatib ötdi.
24 noyabrdagi parvozlar haqida heç qanday ma'lumot berilmagan. Faqatgina Istambulga böladigan parvozlargina ma'lum xolos.
Parvozlarning bekor qilinişi sabablarini ikkala aeroport ma'muriyati ham tuşuntirib bermagan.