Hurmatli öquvçilar, e'tiboringizga 23 noyabr kuni jahonda röy bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

5 kun içida Rossiya aviatsiyasi IŞIDning mingta benzin taşuvçisini yöq qildi>>

5 kun içida Rossiya aviatsiyasi IŞIDning neft xom aşyosini olib ketayotgan mingta benzin taşuvçisini yöq qildi.

Ramzon Qodirov: Çeçenistonda IŞID safiga qöşilganlarga nisbatan 292 ta jinoiy iş qözğatildi>>

Çeçenistonda IŞID safiga qöşilgan 311 nafar kişiga nisbatan 292 ta jinoiy iş qözğatildi. 

Dmitriy Medvedev AQŞ siyosatini “mas'uliyatsiz” deb atadi>>

Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev AQŞ tomonidan yuritilayotgan siyosatni “mas'uliyatsiz” deb atadi.

Iordaniya qiroli 24 noyabrda Moskvaga taşrif buyuradi>>

Iordaniya qiroli Abdulloh II Moskvaga 24 noyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara ötkazgani va IŞID jangarilari bilan kuraşişning usullari hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilgani keladi.

Frantsuz politsiyasi Parijdagi teraktlarda iştirok etgan uçinçi terrorçining suratini çop etdi>>

Frantsuz politsiyasi Parijdagi teraktlarda iştirok etgan uçinçi terrorçining surati va taşqi belgilarini çop etdi.

Parij voqealaridan söng Britaniyalik musulmonlarga hujumlar soni ortdi>>

Britan Musulmonlar jamiyati Parijdagi teraktlardan söng musulmon ayollarga hujumlar soni ortganidan şikoyat qildi. 

Turkiya kurdlar partiyasi yetakçisining maşinasi öqqa tutildi>>

Turkiyaning janubi-şarqida noma'lum şaxslar Kurd xalq demokratik partiyasining yetakçisi Salohiddin Temirtoşning maşinasiga qarata öq uzdi.

Yatsenyuk Ukrainani Yevropa deb atadi>>

Ukraina boş vaziri Arseniy Yatsenyuk “Ukraina – bu Yevropa”, deb aytdi.

Tojikiston prezidentiga “millat rahnamosi” rutbasi beriladi>>

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga “millat rahnamosi” rutbasi beriladi.

IŞID jangarilari Mosulda 19 politsiyaçini garovga olişdi>>

IŞID jangarilari Iroqning Mosul viloyati hududidagi el-Mrir qişloğida (IŞIDning Iroqdagi markazi Mosul şahridan 35 km janubda) 19 nafar politsiyaçini hibsga oldi. 

Qirğizistonda zilziladan jabr körganlar uçun kömak punktlari oçildi>>

Qirğiziston poytaxtida Öş viloyatida sodir bölgan zilziladan jabr körgan janubliklar uçun insonparvarlik yordamini yiğiş punktlari oçildi.

Isroilda Ğazo sektoridan uçirilgan raketa portladi>>

Isroilning janubiy tumani bölmiş Eşkolyada Ğazo sektoridan jönatilgan raketa portladi.

Kaliforniyada 10 kişi “spays” sababli olamdan ötdi>>

Kaliforniya ştatidagi San-Diyego şahrida 10 kişi “spays” giyohvandlik moddasini iste'mol qilganidan söng vafot etdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada 22 noyabrda 141 harbiy parvoz uyuştirilganini ma'lum qildi>>

Rossiya Mudofaa vazirligi 22 noyabr kuni Suriyadagi terrorçilar marrasiga berilgan aviazarbalar borasida hisobot berdi.

Forbes: Rossiya IŞIDga qarşi kuraşda ortiq darajada kuçli qurol qöllamoqda>>

IŞIDga qarşi olib borilayotgan harbiy kampaniya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga butun dunyoga öz qöli ostidagi kuçlarni namoyiş etiş imkoniyatini bermoqda. 

1,5 mln qrimlik elektr ta'minotisiz qoldi>>

Qrim yarimorolida 1,5 million kişi elektr ta'minotisiz qoldi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”. “23 noyabr kuni tongda Qrimda 1,4 million, Sevastopolda 257 ming kişi elektr ta'minotisiz qoldi”, - dedi axborot manbasi.

Avstraliya şaharlarida islomga qarşi norozilik aksiyalari bölib ötdi>>

Avstraliyaning Melburn, Sidney, Pert va boşqa şaharlarida norozilik namoyişlari bölib ötdi, hukumat iştirokçilarni tarqatiş uçun qalampirli aerozollardan foydalandi.

Myanmadagi yer köçkisi tufayli 100dan ortiq kişi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda>>

21 noyabr kuni keçasi Myanmaning şimolidagi Kaşin viloyatida yuz bergan yer öpirilişi hodisasi tufayli halok bölganlar soni 104 nafarga yetgan.

The Independent: Rossiya havo zarbalari tufayli Suriyada 400dan ortiq tinç aholi vakili halok bölgan>>

The Independent naşri biroz oldinroq, Suriyadagi IŞID jangarilari tinç aholi vakillaridan "tirik qalqon" sifatida foydalanişayotgani töğrisida xabar bergandi.