Olimlarning aniqlaşiça dominikan baliqçi quşlari (çayka) Argentina sohillari yaqinida kitlarning bolalariga hujum qilib, ularning tanasidan etlarini yulib olmoqda. Katta kitlardan farqli ölaroq hali bunday yirtqiç quşlardan yaşirinişni bilmaydigan kit bolalari himoyasiz qilmoqda.
Bu haqda PLoS One jurnalida ma'lum qilindi. Bu tadqiqot haqida qisqaça Discover blogida aytib ötildi.
Dominikan baliqçi quşlari (Larus dominicanus) odatda şilliq qurtlar va quş koloniyalaridan qolgan yemaklar bilan oziqalanadilar. Biroq 1970-yillarda Valdes yarimoroli yonida ular parazitlar va janubiy kitlarning quriqşab qolgan terisini çöqib, yeya boşlaganlar. Bu odat tusiga kirib, ular kitlardan göşt parçalari çöqib tortib ola boşlaşgan. Vaziyat yana şunisi bilan yomonlaşmoqdaki, Valdes suvlarida urğoçi kitlar közi yorib, öz bolalarini voyaga yetkazadilar va darrov xavfsiz masofaga uzoqlaşa olmaydilar.
Buenos-Ayresdagi Kitlarni saqlaş instituti olimasi Karina Maron va uning hamkasblari 1974-2011 yillarda aerofotosuratga oliş yordamida olingan kitlar va ularning bolalari suratlarini hamda 2003-2011 yillarda sohilga çiqarib taşlangan kitlar suratlarini örganişdi. Avval baliqçi quşlarning tumşuqlaridan qolgan jarohatlar bölmagan. 1980-yillarga kelib jabrlangan kitlar 35 foizga, 2000-yillarda esa 99 foizga yetgan.
Katta yoşdagi kitlar tajovuzkor muhitga sekin-asta könika boşlaşgan. Agar avval ular nafas olgani suv sirtiga bir soatga yaqin çiqişgan bölsa va suvda yuzida yaslanib, çayqalib yurişgan bölsa, endilikda ular muntazam ravişda tölğonib, dumlarini boşlariga torta boşlaşgan. Bundan taşqari, endilikda kitlar suvdan faqatgina boşlarini çiqarib, tezlik bilan nafas olib, yana tezda şönğiydilar.
Biroq tajribasiz kit bolalari yangi taktikadan foydalanmaydilar va baliqçi quşlarning asosiy qurbonlariga aylanadilar: olimlar ularning tanalarida urğoçi kitlarning tanalaridan köproq jarohatlar aniqlaşgan. Kitlarning ustiga birvarakayiga bir neçta quş ötirib, uzunligi 10 santimetr keladigan et tasmalari yulib olişmoqda.
Olimlarning ta'kidlaşiça, quşlarning hujumi oxirgi yillarda kit bolalari orasidagi ölim darajasining yuqoriligiga asosiy sabab bölmayapti, biroq ular bu jarayonda muhim örin tutmoqda. Köpinça çiqindilar orasida oziqlanadigan quşlar kitlarni teri kasalliklari bilan zararlaydilar, jarohatlar suvsizlanişni keltirib çiqarib, termoregulyatsiya jarayonini murakkablaştiradi. Urğoçi kitlar baliqçi quşlardan muntazam yaşirinişi sababli bolalarini oziqlantirişga kamroq vaqt ajratadi.






