22 noyabrda “Öş” xalqaro aeroportida “Avia Trafik Kompani” aviakompaniyasining Krasnoyarsk-Öş yönalişi böyiça AVJ 768 reysini amalga oşirayotgan “Boing 737” samolyoti favqulodda qönişni amalga oşirdi. Qöniş paytida samolyot uçiş-qöniş yölagidan taşqariga çiqib ketdi.
“Öşda samolyot bilan sodir bölgan köngilsiz hodisa tergovi natijalariga köra yölovçilarga tovon puli tölanadi”, deb aytdi Qirğiziston boş vaziri Temir Sariyev tezkor yiğilişda. Bu haqda 24.kg naşri matbuot xizmati boşliği Nazira Ahmedova ma'lum qildi.
Ahmedovaning aytişiça, hozir jabrlanganlarning aniq soni aniqlanmoqda. “Temir Sariyevning buyruği bilan samolyotning Öş aeroportida favqulodda qönişini tergov qiliş maqsadida hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya tegişli vazirliklar, boşqarmalar rahbarlari va mustaqil ekspertlardan taşkil topgan, unga transport vaziri Arğinbek Malabayev boşçilik qilmoqda”, deb aytdi Ahmedova.
Hukumat komissiyasiga voqea joyiga zudlik bilan çiqiş, yölovçilarga tibbiy yordam körsatiş vazifasi yuklandi. Bundan taşqari, yölovçilar yukining butligini ta'minlaş buyurilgan. Öş aeroporti xodimlari yölakni tozalab, parvozlarni boşlaş hamda ob-havo şaroiti tufayli aeroport aviatsiya işini kuçaytirişi buyurildi.
Temir Sariyev komissiyaga 10 kun içida voqea sababini aniqlaşni topşirdi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, favqulodda qöniş ob-havo şaroiti tufayli bajarilgan. Biroq boş vazir bu hodisa samolyot qönayotgan paytda uçiş yölagidan çiqib ketayotgan birinçi holat emasligini ta'kidlab ötdi. Bunday holat yil boşida ham yuz bergan edi.
“Xayriyatki, qurbonlar bölmadi. Biroq kelgusida bunday hodisalarga yöl qöyib bölmaydi. Hukumat komissiyasi bu masalani kengroq körib çiqadi. Birinçi hodisada nima qilingani, yomon ob-havo şaroitida qanday çoralar qabul qilinişini aniqlaş lozim. Şuningdek, barça samolyotlarning texnik holatini tekşiriş lozim”, deb aytdi boş vazir.
Soğliqni saqlaş vazirligi bergan dastlabki ma'lumotga köra, samolyotda bölgan homilador ayol şifoxonaga olib borilgan, unga ruhiy kömak körsatilgan. Ikki nafar yölovçi lat yegan.
Öş şifoxonasida 4 nafar yölovçi qolmoqda. Şuningdek, uçuvçilardan biri ham şifoxonaga yetkazilgan.






