Frantsuz politsiyasi Parijdagi Neker şifoxonasidan kimyoviy moddalardan himoyalovçi tibbiy kiyim öğirlab ketilişi holatini tergov qilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Soğliqni saqlaş departamenti vakilining ma'lum qilişiça, 18 noyabrda himoya kiyimining “çeklangan miqdordagi” himoya elementlari yöqolib qolgan. Ertasi kuni bu haqda politsiyaga xabar berilgan.

Öğirlik sabablari hozirça noma'lum, biroq bu holat 13 noyabrda Parijdagi teraktlardan keyin kimyoviy va biologik hujumlar xavfidan xavotirlaniş kuçaygan bir paytda sodir böldi. Teraktlardan keyin Fransiya boş vaziri Manuel Vals parlamentdagi nutqi davomida Fransiya terrorçilarga qarşi kuraşda kimyoviy va biologik hujumlar xavfiga uçraşi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Avvalroq Fransiya kimyoviy qurolga qarşi ehtiyot çoralarini körgani ma'lum qilingandi.