Eron poytaxtida Gaz eksportyorlari mamlakatlari forumi sammitida ön mamlakat prezidenti va bir boş vaziri jam böladiyu ular gaz bozorida hamkorlik qilişning bazaviy modelini muhokama qilişi rejalaştirilgan.

Ma'lumotlarga köra, davlatlar bozorlardagi vaziyatning kelgusidagi rivojlaniş holatini körib çiqişadi. Forum qatnaşçilari dunyo energomuvozanatida gazning örni ösişiga, şuningdek, uzoq muddatli şartnomalarning muhim ahamiyat kasb etişiga işonç bildirişmoqda. Forum qatnaşçilari xalqaro qonunçilik me'yorlari buzilgan holda bir tomonlama sanksiyalarning qöllanilayotganidan xavotirini bildirişadi.

Sammitda Rossiya, Eron, Boliviya, Venesuela, Iroq, Nigeriya, Ekvatorial Gvineya prezidentlari, Jazoir boş vaziri iştirok etadi. Şuningdek, Ozarbayjon va Turkmaniston prezidentlari mehmon sifatida taklif etilgan. Eronning ŞANA agentligi ma'lumotlariga köra, Ozarbayjon va Turkmaniston uşbu forumga a'zo hisoblanmasa ham, ular ulkan gaz zaxiralariga ega. Ular ham forumga a'zo bölsa, iştirokçilar soni 19taga qadar ortadi.