Tyantszin iqtisodiy va texnik taraqqiyot zonasi boşqaruv qömitasi hamda Sinica kompaniyasi strategik hamkorlik töğrisida kelişuvga erişdi. Mazkur bitim doirasida tomonlar yuqori standartlar böyiça jonivorlarni klonlaştiradigan dunyodagi ilk laboratoriya qurilişi borasida hamkorlik qilişga kelişib olişdi. Bu haqda “Jenmin jibao” xabar bermoqda.

Fermalardan taşqari, kompaniya diversifikatsiyalangan (işlab çiqariş sohasini yangi mahsulotlar qöşiş hisobiga kengaytiriş) genetik resurslar saqlanadigan joy va ilmiy-ta'limiy körgazma markazini qurişni ham rejalaştirgan.

Qayd etilişiça, klonlar işlab çiqariş böyiça fabrika faoliyati Janubiy Koreyaning Sooam Biotech instituti bilan hamkorlikda amalga oşiriladi. Sinica kompaniyasi esa Boyalife Group xoldingi şö'basi hisoblanadi. Boyalife Group va Sooam Biotech qöşma korxonasi butun dunyodagi mijozlariga 550 boş kuçuk-klonni taqdim etib ulgurdi.