Xitoylik oğir atletikaçi Çen Litszyun AQŞning Xyuston şahrida ötkazilgan oğir atletika böyiça jahon çempionatida qatnaşib, 62 kg vazn toifasida 333 kg oğirlikdagi toşni kötariş orqali rekord örnatdi va çempion böldi.
22 yoşli Litszyun 2013 yili Vrotslavda ötkazilgan turnirda ham çempion bölgandi.
Uning asosiy raqibi, 2012 yilgi London olimpiadasida ğolibi bölgan şimoliy koreyalik Kim Un Guk bu turnirda ikkinçi natijani körsatdi (328 kg). Uçinçi örin esa ozarbayjonlik Valentin Xristovniki böldi (317 kg).
Jahon çempionati 28 noyabrgaça davom etadi.






