“Laboratoriya Kasperskogo” tadqiqoti natijalariga köra dunyodagi kiberhujumlar spetsifikasiga köra Braziliya kiberjinoyatçilar uçun eng maqbul joy deb tan olindi. Bu haqda “Gazeta.Ru”ga tuşgan matbuot-bayonotida xabar berilmoqda.
2014 yilda Braziliya moliyaviy hujumlar nuqtai nazaridan eng xavfli mamlakat deb topilgan. Braziliyaning ChePro oilasiga mansub “troyan” virusi Zeus’dan keyin dunyoda tarqalganligi böyiça ikkinçi virus bölgan. Eng köp hujum qilingan kompaniyalar röyxatiga aynan Braziliya kompaniyalari va brendlari kirdi. Fişing hujumlar böyiça mamlakat birinçi örinni egalladi.
Braziliyalik kiberjinoyatçilar Şarqiy Yevropadan olingan hujumlar usullarini qöllaydilar. Qoida böyiça, bu hujumlar internet-provayderlar, modem yoki tarmoq qurilmalariga yoki milliy tölov tizimlari va davlat muassasalarining axborot texnologiyalari resurslariga qilinadigan hujumlardir.
Braziliya banklar federatsiyasi ma'lumotlariga köra, 2012 yilda mahalliy banklar internet-banking, telefon yoki bank kartoçkalarini klonlaştiriş yordamida amalga oşirilgan firibgarlik natijasida 1,4 mlrd real (500 mln dollar) yöqotganlar.






