AQŞda 14 yoşli Lukas Etter ismli ösmir Rubik kubigini 4,904 soniya içida yiğdi va yangi jahon rekordini örnatdi.
Guardian naşri xabariga köra, Etter Merilend ştatining Klarksvill şahridagi River Hill Fall musobaqasi vaqtida 3×3 hajmga ega Rubik kubigini avvalgi rekorddagidan 0,35 soniya tezroq yiğişga muvaffaq bölgan.
Bundan avvalgi rekord boşqa bir ösmir Kolin Byornsga tegişli hisoblanardi. U şu yilning aprel oyida Rubik kubigini 5,25 soniyada yiğa olgan edi.
Yangi rekord Butunjahon kubiklar uyuşmasi (World Cube Association) tomonidan tan olingan.






