Bugun AQŞ milliy xavfsizlik agentligining SSSRga axborot yetkazgan sobiq xodimi Ronald Pelton 29 yillik qamoq jazosidan söng ozodlikka çiqadi. Bu haqda Amerikalik olimlar federatsiyasi xabar berdi.

“Agentlikning 1986 yilda Sovet Ittifoqi foydasiga ayğoqçilik uçun sudlangan aloqa böyiça mutaxassisi 24 noyabr kuni ozodlikka çiqadi”, - deyiladi nodavlat taşkilot xabarnomasida.
Pelton 1986 yilda Moskvaga AQŞ sirlarini sotgani uçun uçta umrbod va yana 10 yillik qamoq jazosiga va 100 dollar jarimaga hukm qilingan edi.

“U 10 yildan söng muddatidan oldin ozod qiliniş huquqiga ega bölişi mumkin edi, lekin buning örniga deyarli 30 yil qamoqda qoldi”, - dedi federatsiya vakillari.
74 yoşli Pelton nima sabab bilan ozod qilingani oşkor qilinmayapti.