“Beayb Parvardigor”, hamma ham xato qiladi, bundan qoçib qutulib bölmaydi. Oxiri puç xatti-harakatlar kelgusida qançalik oğriq va afsus-nadomatlar keltirişi muhim emas. Çunki ularning barçasi oxir-oqibat rivojlanişga olib keladi, axir xatolardan baribir qandaydir xulosa çiqaramiz!
Aslini olganda, ba'zi adaşuvlar şaxs kamoloti uçun juda kerak. Ulardan çöçimaslik zarur. Yaxşisi, ularga yoş va heç narsadan çöçimaydigan paytingizda röy bergani ma'qul, xuddi bolalikda suvçeçak bilan oğrigan kabi: katta yoşda bu xavfli kasallikka yöliqişdan xudo asrasin.
Biz qaçondir özimiz yöl qöygan va darhaqiqat yaxşi tomonga özgarişimizga yordam bergan xatolar röyxatini tuzişga qaror qildik. Yana bir tekşirib köring - mabodo biror kamçilik qolib ketmadimikin...
Aybdor axtariş

“Muvaffaqiyatsizliklarda birinçi galda özini ayblaş kerak”, degan gapni köp eşitganmiz. Va bu töğri. Ammo hayotda bir marta bölsa-da, bunga yöl qöyib, kimnidir ayblab köring. Bu qanday zararli va ğirt befoyda iş bilan maşğul bölayotganingizni tezroq tuşunib yetiş hamda boşqa heç qaçon bunday bemazagarçilikka qöl urmasligingizda yordam beradi.
Tavakkal qiliş

Şaxsiy hayotdan tortib, karera borasida ham tavakkal qiliş köpçiligimiz uçun öylab topiş mumkin bölgan eng katta xatodek tuyuladi. Aslida esa buni kerak bölsa har bir kişi boşidan ötkazişi zarur. Avvalo, bu narsa mohiyatni oçib beradi: siz nihoyat har qanday tavakkalçilikka qodir ekanligingizga özingiz işonç hosil qilasiz. Qolaversa, bu sizni aqlliroq va xotirjamroq qiladigan eng muhim hayotiy tajriba. Tavakkal qilişdan çöçimang, heç narsaga urinmay kun ötkazişdan yomoni yöq, işonavering.
Uzil-kesil voz keçiş

Umringizda bir bor şunday qilib köring. Mulohazakorlik, xuşmuomalalilik, boşqalarning fikri bilan hisoblaşiş degan narsalarni bir çetga surib qöying: şu odamning turqu tarovatini körgingiz yöqmi? Voz keçing, tamom-vassalom. Qörqmang, osmon uzilib, yerga tuşmaydi. Orttirilgan tajriba kelgusida şunday vaziyat röy bergudek bölsa, undan boşni baland kötarib çiqib ketiş imkonini beradi.
Köngildagidek iş emas

Arzimagan oylikka ğirt ahmoqona joyda işlaş? Ha, albatta. Hayotda öz örnini biliş, vaqti va öz bilimlarini teran baholaş uçun kerakli tajriba. Boşqa joyga işga joylaşiş uçun suhbatdan ötişda özingizga işonçingiz balandroq böladi, bu esa tuzukroq lavozimga da'vo qilişingizda asqotadi.
Tuşkunlik

Inkor etmaymiz, bir qaraşda oddiy bölmagan maslahat. Biroq eng quyini bir bor körmasdan çöqqini közlaş ança muşkul masala. Joan Rouling Garri Poter haqidagi kitoblarini yozgunga qadar oddiy uy bekasi edi: bolaga qarov, mablağ, iş va kelajakning yöqligi. Adiba öz intervyularida faqatgina ilojsiz vaziyat uni roman yozişga ötirişga majbur qilganini tan olgan. Tuşkunlikdan qörqmang: tinib olganidan keyin bu tölqin sizni yangi intilişlar sohiliga çiqarib taşlaydi.
Bunga loyiq bölmagan insonga köngil qöyiş

Deyarli aksariyat odamlar bu bosqiçni bosib ötişadi va köp vaqtlarini afsuslaniş va puşaymonlik bilan ötkazişadi: eh, hayotimning eng zör yillarini kökka sovurdim! Tajribaga, birodar, tajribaga.
Ikki-uç adaşuv sizni nişonni aniq möljalga ola biladigan eng mohir merganga. Şunday ekan, sizga fe'l-atvori zid bölgan insonga köngil qöyişdan çöçimang. Heç bölmaganda, bir umrga tatigulik hissiyotlarga ega bölişingiz aniq.
Hammasini tökib soliş

Vazminlik, muloyimlik, atrofdagilarga doimiy e'tiborning aks tomonlari ham bölişi mumkin. Heç yöq umringizda bir marta insonning yuziga u haqda nima deb öylaşingizni aytişga imkon toping. Nima bölsa bölar, jillaqursa, içingizni böşatib olasiz!






