«Rossiya-2018» taşkiliy qömitasi va FIFA vakillarining qöşma yiğilişida Konfederatsiyalar kubogi-2017 va jahon çempionatining final bosqiçi uçun qur'a taşlaş marosimi bölib ötadigan sanalar tasdiqlandi. Bu haqda taşkiliy qömita rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Unga köra, JÇ-2018 final bosqiçiga qur'a taşlaş marosimi 2017 yilning 1 dekabrida Moskvada, Konfederatsiyalar Kubogi-2017 uçun qur'a esa 2016 yil 26 noyabr kuni Qozon şahrida ötkaziladigan böldi.
Konfederatsiyalar Kubogi uçun qur'a taşlaş marosimi Qozondagi tennis Akademiyasi bölib ötişi belgilab olindi. Jahon çempionati final bosqiçi uçun taşlanadigan qur'a taşlaş marosimi Moskvaning qaysi binosida bölib ötişiga hozirça aniqlik kiritilmagan.






