Huquqni himoya qiluvçi organlar xodimlari benzini tugab, maşinasi yöl çetida töxtab qolgan keksa insonga yordam berişdi. Facebook ijtimoiy tarmoğidagi “Priznavaysya, Uzbekistan” guruhida bu borada xabar joylaştirildi.
Voqea guvohi nafaqaxörni suratga olib, guruhda bu borada kiçikroq posting qoldirdi. Uning sözlariga qaraganda, militsiyaçi murakkab vaziyatga tuşib qolgan nafaqaxör yaqinida maşinasini töxtatib, unga yordam qölini uzatgan.
“Bugun bu bobo qölida idiş bilan turardi. Uning benzini tugab qoldi. Men unga öz maşinamdan quyib berişga töxtadim. Lekin şunda militsiya signali örnatilgan Matiz töxtadi, undan militsiyaçi tuşdi. U nima derkin, deb turgandim. U esa benzin töla idiş çiqarib, bizlarga berdi”, - deyiladi xabarnomada.
Foydalanuvçilarning kattagina qismi militsiyaçining harakatlaridan mamnunligini va mağrurligini bildirişdi.
Ammo ba'zi birovlar militsiyaçini ham, nafaqaxörni ham turli sabablarga köra tanqid ostiga oldi. Ikkinçi tomonning fikriça, nafaqaxör tekinxörlikni öziga kasb qilib olgan. Xabar ostida fikr qoldirganlar uni har kuni yölda şu holatda turganini va benzin ğamlaş bilan band bölişini aytib ötişgan.






