Qirğiziston Içki işlar vazirligining 2015 yildagi byudjyeti 3 mlrd 832 mln qirğiz sömini taşkil qildi. Talab qilingan miqdor esa 6 mlrd 971 mln 373 ming sömni taşkil qilgan. Bu haqda 24 noyabrdagi yiğilişda vazirlikning moliya-xöjalik boşqarmasi boşliği örinbosari Aytbek Saralayev ma'lum qildi.

Saralayevning aytişiça, bugungi kunda 3 mlrd 314 mln söm ajratilgan. “Qolgan mablağ 517 mln 324 ming sömni taşkil qiladi, ulardan 438 mln maoş tölaşga, 20 mln 260 ming oziq-ovqat sotib olişga, aholiga ijtimoiy yordam uçun nafaqalarga 8 mln 642 ming va boşqa bandlar böyiça 42 mln söm ajratiladi”, deb izoh berib ötdi Saralayev.

“2014 yilda IIV talab qilingan 6 mlrd 620 mln 548 ming sömdan 3 mlrd 420 mln 440 ming söm olgan”, deb ta'kidlab ötdi Saralayev.