Rossiya harbiy vertolyotlari Turkiya tomonidan Suriya bilan çegarada havo hududini buzib ötgani uçun urib tuşirilgan Su-24 rusumli harbiy bombardimonçi samolyot uçuvçilarini izlamoqda. Bu haqda Dogan agentligi xabar bergan.
Bundan oldinroq, Turkiya bilan çegara yaqinida harakatlangan Rossiya samolyoti urib tuşirilgani, uçuvçilar paraşyut orqali samolyotni tark etgani xabar qilingandi.
Turkiya tomoni samolyotni çegarani buzgani uçun unga öq uzişdan oldin 5 daqiqa davomida 10 marta ogohlantirganini bildirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa bu samolyot butun parvoz davomida faqat Suriya hududida bölganini qayd etib ötgan.
"Bu holat xolis nazorat vositalari bilan qayd etilgan", deyilgan vazirlik bayonotida.
Uçuvçilardan biri Lataqiyada yaşovçi turkmanlar qöliga asir tuşgani aytilgan. Ikkinçisining taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.






