Parij şahridagi “Bataklan” konsert zaliga hujum uyuştirgan terroristlar giyohvand modda iste'mol qilgan bölişlari mumkin, deya yozmoqda Times gazetasi ular bilan muzokaralar olib borgan politsiya zobiti ma'lumotiga asoslangan holda.

Politsiyaçi sözlariga köra, terroristlar sarosimaga tuşgandek köringan va huquqni muhofaza organlarini ularning qoçib ketişi uçun izn berişga işontirişga harakat qilişgan. Politsiyaçi Jorj Salinasning aytişiça, bölinma zalga bostirib kirişga muvaffaq bölganda ikki jangari 20 nafar garovga olinganlar bilan dolonda yaşirinişga uringan. “Ularning boşida faqatgina qanday qilib bölsa ham bu yerdan qoçib ketiş fikri bor edi”, - dedi Salinas.

Özini Paskal deb taniştirgan politsiyaçi esa ular bilan telefon orqali muzokara olib borgan.

“Terroristlarning gap-sözlari göyoki narkotik ta'sirida turgandek hayajonli va poyintan-soyintar edi”, - dedi u. Politsiya vakilining qöşimça qilişiça, terroristlar bitta jumlani – ular xalifalik askarlari ekanini takrorlayverişgan.

Qayd etilişiça, ayrim IŞID jangarilari kaptogan narkotik moddasini iste'mol qiladi.

Bundan avvalroq esa “Bataklan” teatri Parij voqealaridan söng yana qaytadan iş boşlagani xabar qilingan edi.