Yaponiya öz tarixida birinçi tijoriy sun'iy yöldoşni koinotga uçirdi. Örta sinfga oid H-IIA raketa taşuvçisi 2015 yilning 24 noyabr kuni Tanegasima kombodromidan Telstar 12 VANTAGE uskunasini orbitaga olib çiqdi. Bu haqda Yaponiyaning aerokosmik agentligi rasmiy saytida xabar qilindi.
Aloqa sun'iy yöldoşi Kanadaning TELESAT operatori manfaatlaridan kelib çiqqan holda uçirildi. U 200dan ziyod telekanallar uçun signallar yuboriş imkoniyatiga ega. Yöldoş Atlantika ustidagi geostatsionar orbita (Yer sathidan 36 ming kilometr balandlikda)dan örin oldi va Yevropa, Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlariga efirlarni uzatişni boşlaydi.
H-IIA taşuvçisining dvigatel konstruksiyasiga bir qator özgartişlar kiritildi. Bu esa apparatning taşuvçidan ajralişini odatdagidek 300 kilometr emas, balki 34 ming kilometr balandlikda amalga oşirilişi va sun'iy yöldoş resurslarini iqtisod qilişga imkon tuğdirdi.
Şu vaqtga qadar tijoriy parvozlarni AQŞ, Rossiya, YeI, Xitoy va Hindiston amalga oşirayotgan edi.
H-IIA raketalari va HTV kemalari Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries korporatsiyasi tomonidan işlab çiqarilgan.






