Bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda viloyat hududida qölbola usulda kontrafakt alkogolli içimliklar tayyorlaşga möljallangan yaşirin sexlar faoliyati foş qilindi.
Jumladan, Oqtoş tumanida ötkazilgan hamkorlikdagi tadbir davomida mazkur tumanda istiqomat qiluvçi fuqaro V.Yakubovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq xolislar iştirokida közdan keçirilganda, xonadon yertölasida qölbola usulda tayyorlangan aroqlarni qadoqlaşga möljallangan vositalar, şu jumladan 943 dona muqaddam işlatilgan butilka metall va plastmassa qopqoqlari, 50 dona butilka qopqoğiga öraladigan polietilen qoplamalar, 85 dona bir xil seriya raqamiga ega soxta aksiz markalar borligi aniqlandi. Jumladan, bu sexda Jack Daniel's viskisi tayyorlangan.
Kattaqörğon tumanida istiqomat qiluvçi S.Alimovaning xonadoni közdan keçirilganda esa, bu yerda 85 litrdan ortiq 2 turdagi 190 şişa kontrafakt aroqlar qonunga zid ravişda saqlanayotganini aniqlandi.
Samarqand şahrida aniqlangan yana bir holatda fuqaro M.Umarovning xonadonida bojxona rasmiylaştiruvini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan 17 litrdan ortiq 2 turdagi 22 dona kontrafakt viskilar qonunga xilof ravşida saqlanayotgani foş etildi.
Mazkur holatda xorijiy işlab çiqaruvçilarga tegişli taniqli brendlarning soxtalaştirilganiga guvoh böliş mumkin.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar qiladi Bojxona qömitasining axborot xizmati.
Ma'lum qilinişiça, 2015 yilning ötgan davri mobaynida Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan şu kabi qonunbuzarlik holatlari natijasida 957 litr sifatsiz alkogolli içimliklar aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.






