2015 yilning 24 noyabr kuni Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahrida «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti yuqori mansabdor şaxslarining 10-kengaşi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Taşqi işlar vazirlari örinbosarlari darajasidagi kengaş işida Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Yaponiya delegatsiyalari iştirok etdi.
Yiğilişda qişloq xöjaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş va mazkur yönalişlardagi loyihalarni zamonaviy Yaponiya texnologiyalarini jalb qilgan holda amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.
«Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti yuqori mansabdor şaxslarining navbatdagi kengaşini 2016 yil Tokio şahrida ötkaziş belgilandi.






