Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Istanbulda bölib ötayotgan Xalqaro islom iqtisodiyoti konferensiyasida mamlakat harbiy havo kuçlari Su-24 samolyotiga hujum qilayotgan vaqtda uning Rossiyaga tegişli ekanini bilişmaganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” agentligi xabar berdi.
Erdöğanning ma'lum qilişiça, Turkiya hukumati HHKning Rossiya harbiy samolyotini urib tuşirgani haqida Rossiya Mudofaa vaziri mazkur voqeani tasdiqlaganidan keyingina xabardor bölgan.
Bundan avvalroq esa Rossiyaning Fransiyadagi elçisi Aleksandr Orlov Suriya hududida Rossiyaning Su-24 rusumli harbiy bombardimonçi samolyoti Turkiyaning F-16 rusumli qiruvçi samolyoti tomonidan urib tuşirilgaç, katapulta orqali samolyotni tark etgan uçuvçilardan biri tirik qolganini tasdiqlagan edi.






