Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Rizo Nematzoda Qozoğiston taşqi işlar vaziri Erlan Idrisov bilan uçraşuvi vaqtida Eron Qozoğiston va Eron örtasida savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorligida yangi bosqiçning boşlanişiga umid qilayotganini ta'kidlab ötdi.
Nematzodaning ta'kidlaşiça, ikki tomonlama hamkorlik sohalari Eronda temir va havo transporti rivojlanişi, kemaçilikni rivojlantiriş, qöşma investitsiyalar va qişloq xöjaligi bölişi mumkin. Ikki davlat tadbirkorlari va investorlari birinçi qadam sifatida bir-birlarining imkoniyatlari va salohiyatlari bilan tanişib çiqdilar.
Idrisov öz navbatida ikki davlat örtasidagi hamkorlik darajasini oşiriş maqsadida investitsion hamkorlik uçun zarur bölgan salohiyatlarni örganib çiquvçi qöşma işçi guruh yaratiş zarurligini aytdi.
Idrisovning aytişiça, Eron Qozoğistonga pölat mahsuloti muvaffaqiyatli eksport qilinadigan davlatlardan biri sifatida qaramoqda. Investitsion hamkorlik sohalari sifatida Eron portlarida yakunlanuvçi temir yöllar quriş, Xitoy va Eron portlari örtasida kemaçilik aloqasini yölga qöyiş, elektrovozlar yetkazib beriş, eronlik dehqonlarning Qozoğistondagi qişloq xöjaligi loyihalarida iştirok etişlari xizmat qilişi mumkin.






