Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tuşirgan Turkiyaning xatti-harakatlari oqibatida ikki davlat örtasidagi döstona qöşniçilik munosabatlariga putur yetdi. Bu haqda Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev bayonot berdi.
Hukumat saytida joylaştirilgan bayonotda ta'kidlanişiça, bu ikki davlatning iqtisodiy va gumanitar yönalişlardagi hamkorligiga jiddiy zarar yetkazdi, va endilikda uşbu zarar örnini töldiriş qiyin böladi.
“Turkiya hukumatining mas'uliyatsiz jinoiy harakatlari uçta oqibatni keltirib çiqardi”, - ta'kidladi Medvedev Yekaterinburgda Janubi-Şarqiy Osiyo safaridan qaytişi munosabati bilan bergan matbuot anjumanida.
Birinçidan, uning fikriça, Rossiya va NATO örtasidagi munosabatlar keskinlaşdi, buni esa “heç qanday manfaatlar va sabablar bilan oqlab bölmaydi”.
Ikkinçidan, “Turkiya IŞIDni qöllab-quvvatlaşini körsatdi”.
Uçinçidan, Rossiya va Turkiya örtasidagi döstona munosabatlarga putur yetdi.






