IŞID ekstremistik guruhi terroristlari tomonidan AQŞga heç qanday aniq tahdidlar mavjud emas. Bu haqda Oq uy qoşidagi Milliy xavfsizlik kengaşi 24 noyabr kuni AQŞ prezidenti Barak Obamaga ma'lum qildi.

“Obama 24 noyabrda IŞIDning yaqindagina uyuştirgan hujumlariga javob çoralarini muhokama qiliş uçun MXKni çaqirdi. Prezidentga ayni paytda IŞID tomonidan AQŞga heç qanday ehtimoliy tahdidlar yöqligi haqida ma'lum qilindi”, - deyiladi Oq uy bayonotida.

Yiğiliş vaqtida prezident AQŞning Antaliyadagi G20 sammiti doirasida bölib ötgan muzokaralar yakunlari asosida şeriklar bilan xavfsizlik va razvedka sohasidagi hamkorlikni amalga oşiriş darajasini qanday qilib oşiriş töğrisidagi ma'lumotlardan xabardor qilindi. Barak Obama milliy xavfsizlik böyiça öz jamoasiga IŞIDni yöq qilişga qaratilgan çoralarni kuçaytiriş vazifasini topşirdi.