Joriy yilda Özbekistonda har yili qayd qilinadigan OIV (odam immunodefitsiti virusi)ga uçragan yangi bemorlar kamayişi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today naşriga OITSga qarşi kuraşiş böyiça respublika markazi lirektori örinbosari Dildora Mustafayeva ma'lum qildi. Uning aytişiça, hozir farq unça katta emas.

“Agar ötgan va joriy yildagi şu davrlarni soliştirsak, bu yili 70 nafarga kam bemor röyxatdan ötdi. Kasallanişning pasayişi bu yangi tendensiya. Uzoq yillar davomida yiliga yangi kasallanganlar soni 4 mingdan oşmayapti. Bularning barçasi yuqori malakali tibbiyot xizmatlaridan va profilaktika böyiça samarali işdan foydalana olişn darajasini kötarişga imkon bergan manzilli dasturlarni amalga oşiriş natijasidir”, deb ta'kidlab ötdi Mustafayeva.

OITS bilan kuraşiş respublika markazi ma'lumotlariga köra, Özbekistonda  2014 yil 1 dekabriga holatiga köra 27,5 mingdan ziyodroq OIV bilan kasallanganlar qayd qilingan. Özbekiston hukumati ötgan yil sentabrda OIV infeksiyalarning tarqalişiga qarşi kuraşiş sohasida umumiy qiymati 19 mln dollardan köproq uç yillik dasturni tasdiqladi. Dasturga köra 2014-2016 yillar mobaynida profilaktik tadbirlar, OITSga qarşi kuraşuvçi markazlar va davolaş-profilaktika muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş közda tutilgan.