Turkiya hududida bölgan Rossiya fuqarolari sezilarli darajada xavf ostida qolişlari mumkin, deya ta'kidlab ötdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

«Keça sodir bölgan voqeadan keyin boşqa şu kabi voqealar sodir bölgan taqdirda ularni bee'tibor qoldira olmaymiz. Bunga qandaydir reaksiya bildirişimizga töğri keladi. Turkiya hududida bölib turgan Rossiya fuqarolari albatta sezilarli xavf ostida qolişlari mumkin. TIV bu haqida aytişi şart», — deya ta'kidladi Putin.

Oldinroq, Rossiya TIV Turkiya tomonidan Su-24 samolyotining urib tuşirilişi böyiça izoh berişlarini talab qilib çiqqandi.

Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya çegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada iştirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tuşirildi. Turkiyaning ta'kidlaşiça, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib ötgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etişiça, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.