Özbekistonning Andijon viloyati aholisi 24 noyabr kuni keçki soat 21:45da öçoği Qirğiziston hududida bölgan zilzila ta'sirini sezişgan.
"Toşkent" seysmologiya markazi ma'lumotiga köra, bu zilzila Andijonda 2 ball kuçlanişga ega bölgan. Zilzila markazi Toşkentdan 350 km masofada bölgani aytilgan.
Yevropa-örtayerdengizi seysmologiya markazining ma'lum qilişiça, Bişkekdan 284 km, Öşdan 57 km va Özgandan 39 km masofadagi bu zilzila kuçi 5 ballga yaqin bölgan.
Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda Özbekistonda episentri Qirğiziston va Afğonistonda bölgan bir neça zilzilalar qayd etildi. Jumladan, Toşkentda 17 noyabr kuni 22:29 da 2,5—3 balli, 20 noyabr kuni 9:46 da esa 2 balli, 21 noyabr kuni 5:16 da 2 balli, 22 noyabr kuni soat 23:16 da 1—2 balli zilzilalar sezildi.
Biroz oldinroq, Özbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori Sabriddin Xusomiddinov Özbekistonda 2015 yilning oxirigaça Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda zilzilalar haqida tezkorlik bilan xabar berişga imkon beruvçi yer sirti kuçli harakatlari stansiyalari tarmoği yaratilişi haqida ma'lumot bergandi.






