Rossiya mudofaa vazirligi Turkiya qiruvçi samolyoti tomonidan urib tuşirilgan Su-24 samolyotining uçuvçilaridan biri halok bölganini rasman tasdiqladi.

Vazirlik tomonidan Su-24 samolyoti Turkiya bilan çegaradan 4 km içkarida qulagani haqida aytilgan.

Samolyot qulaşidan oldin uçuvçilar uni katapulta yordamida tark etgan, biroq uçuvçilarga yerdan turib turkman jangçilari tomonidan öquzilişi tufayli ulardan biri havodaligidayoq halok bölgan.

Ikkinçi uçuvçining taqdiri hozirça noma'lumligiça qolmoqda.

Biroz oldinroq, OAVlar Su-24 samolyotining ikkinçi uçuvçisi suriyalik harbiylar tomonidan qutqarilgani haqida xabar tarqatgandi.

Dastlab, ayrim OAVlarda samolyotning har ikki uçuvçisi halok bölgani haqida xabar berilgan, lekin bu ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagandi.

Söng Suriya muxolifati uçuvçilardan birining tanasini hukumat qamoğida bölgan vakillaridan biriga almaştirmoqçi bölgani xabar qilingandi.

Şuningdek, Suriyadagi turkmanlar guruhi vakili uçuvçilarning yerga tuşgaç, otib taşlangani haqida ma'lumot bergan.

Keyinroq, turkmanlar Su-24 samolyotining katapulta qilgan uçuvçilariga havodaligidayoq öt oçişgani videosi paydo böldi.

Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya çegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada iştirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tuşirildi. Turkiyaning ta'kidlaşiça, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib ötgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etişiça, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.